Great Big Story kanali Loganair aviakompaniyasi tomonidan Şotlandiyaning Westray va Papa Westray orollari örtasida amalga oşirilgan dunyodagi eng qisqa - 80 soniyalik aviareys haqida syujyet tasvirga oldi. Ikki orol örtasidagi masofa - atigi 2,7 kilometr.
Loganair aviakompaniyasi 50 yildan beri mazkur yönaliş böylab harakatlanadi. Bortdagi sakkiz örindan birining bir tomonlama narxi 17 funt sterlingni taşkil qiladi. Yerga qöniş vaqtida yölovçilarga havo kemasi kapitanining imzosi tuşirilgan sertifikat beriladi.
Orkney orollarida odam kam bölgani bois ular örtasida köprik qurişga hojat yöq. Şunday ekan, u yerda yaşovçilarda ikki yöl qoladi: katerda yoki samolyotda harakatlaniş.
Syujyet qahramoni, Keyt ismli musiqa öqituvçisi dars beriş uçun arxipelagning turli orollariga borişini aytadi. Uning sözlariga köra, Loganair yönalişlari avtobusda harakatlanişga öxşaydi.
Orkney orollari Şotlandiyaning şimolida joylaşgan. Arxipelagdagi 70dan ziyod oroldan 20 tasida odamlar yaşaydi. Masalan, Papa Westray'da 100 ga yaqin kişi istiqomat qiladi.











