Bugun 2018 yilgi jahon çempionati uçun saralaş öyinlari doirasida oxirgi turlarga start beriladi.

Ayni vaqtga kelib mundialda qatnaşişi aniq bölgan 8 terma jamoa bor. Mezbon Rossiyadan taşqari, Braziliya, Belgiya, Eron, Janubiy Koreya, Meksika, Saudiya Arabistoni va Yaponiya muxlislarini xotirjam qilişgan.

Argentina, Çili, Niderlandiya, Uels, Şvetsiya, AQŞ kabi turnirning doimiy iştirokçilarida esa vaziyat juda jiddiy.

«Tribuna» bu bosqiçdagi asosiy intrigalarni körib çiqadi.

Yevropada ikkinçi örin egalari orasida kim ortiqça?

UYeFA kvalifikatsiya qoidalariga köra, saralaş bosqiçidagi 9ta guruhda ikkinçi örinni egallagan terma jamoalarning 8tasiga ikkinçi imkoniyat beriladi. Guruhlarda ikkinçi örinlarni egallagan terma jamoalardan 8tasi özaro ötiş öyinlarida qatnaşadi, eng yomon natija qayd etgan töqqizinçi terma jamoada bunday imkoniyat bölmaydi.

Hozirda eng yomon ikkinçi örin egasi Uels terma jamoasi bölib turibdi. Garet Beyl jamoadoşlari D guruhida 6 öyindan 8 oçko olgan, H guruhi vakili bosniyaliklarda ham şunça oçko bor, ammo töplar nisbati şarqiy yevropaliklarda yaxşiroq. Şvetsiya va Çernogoriya ham oldinga çiqib keta olmagan, bu ikki terma jamoada 10tadan oçko bor.

1. Portugaliya – 15
2. Şimoliy Irlandiya – 13
3. Italiya – 13
4. Islandiya – 13
5. Slovakiya – 12
6. Şvetsiya – 10
7. Çernogoriya – 10
8. Bosniya va Gertsegovina – 8
9. Uels – 8

E'tiborli tomoni şvedlar va çernogoriyaliklarda keyingi turlar uelsliklar hamda bosniyaliklarnikiga qaraganda qiyinroq raqiblarga qarşi öynaydi.

(Reglamentga köra, sönggi örindagi terma jamoa bilan öyinlardagi oçkolar minus qilingan, şuningdek, konkursdan taşqari iştirok etayotgan Kosovo bilan öyinlardagi natijalar hisoblanmaydi)