Farğona viloyatining Marğilon şahar içki işlar bölimiga şu şaharda joylaşgan mas'uliyati çeklangan jamiyatga qaraşli omborxonada öğrilik sodir bölgani haqida xabar kelib tuşdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bergan.
Öğrilar omborxonaga yarim tunda eşik qulfini buzib kirişib, u yerdan 41 550 000 söm pul va 150 AQŞ dollarini olib ketganliklari aniqlandi.
Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, uşbu jinoyatni mazkur omborxona işçisi 1995 yilda tuğilgan D.N. va uning jinoiy şeriklari 1976 yilda tuğilgan Ş.M., 1996 yilda tuğilgan A.Ğ., 1984 yilda tuğilgan U.A.lar sodir etganliklari aniqlanib uşlandilar.
Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.











