O‘zbekiston | 00:48 / 07.10.2017
12007
4 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari press klubda O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni ijobiy baholashdi

Xalqaro press klubda «Mehnat munosabatlarida yangi voqelik» mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xorijiy tashkilot vaikllari ham qatnashib, chiqish qilishdi.

Yonas Astrup, Xalqaro mehnat tashkiloti-Jahon banki Bosh texnik maslahatchisi:

Foto: Xalqaro press klub

— Men BMT tarkibiga kiruvchi Xalqaro mehnat tashkilotida ishlayman va biz har hafta O‘zbekiston tarixining guvohi bo‘lyapmiz. O‘tgan hafta davomida paxta yig‘im-terimining 60 foizga o‘sganining guvohi bo‘ldik. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh assambleyasida ijobiy va ilhomlantiruvchi nutqini eshitdik. Shu voqeadan so‘ng paxta yig‘imidan talabalar va turli qatlam vakillari qaytib kelishdi va ayni damda Milliy televideniyeda bu masalani muhokama qilmoqdamiz. O‘zbekiston, mana, 25 yildirki, Xalqaro mehnat tashkilotining a'zosi. O‘ylaymanki, bu aloqalarimizni yanada yaxshilaydi va kuchaytiradi. To‘g‘risini aytganda, biz paxta hosilini monitoring qilish davomida mamlakatdagi rivojlanish tezligining guvohi bo‘lyapmiz. 

Sergiyus Glovatskas, Yevropa va Markaziy Osiyo sektorining Jyenevada joylashgan XMT raisi: 

Foto: Xalqaro press klub

— Men hamkasblarimning gaplariga qo‘shilgan holda aytishim mumkinki, bugun O‘zbekistondagi ushbu tarixiy voqeaning ishtirokchisi bo‘ldim. Men kecha Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari qatnashgan konferensiyada ishtirok etdim. Aytish mumkinki, ushbu konferensiya davomida O‘zbekistonda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar bir necha bor tilga olindi. 87-konvensiyani ratifikatsiya qilish bu juda katta tashabbusdir va to‘g‘ri qarordir.  O‘zbekistonda barcha shart-sharoitlar mavjud, aytish mumkinki, sizda mehnatkash odamlar, siyosiy iroda va go‘zal mamlakat bor. Hatto, turizm ham ancha rivojlangan. Bundan tashqari, biz O‘zbekistonda yana boshqa turli xil konvensiyalarni ratifikatsiya qilishingizni kutamiz. Ertaga, ya'ni 7 oktabr Butunjahon Munosib mehnat uchun harakat kuni. Biz aynan shu masala borasidagi kelgusi rejalarni muhokama qilish uchun keldik. Rahmat. 

Nina Kalibashina, BMT Xalqaro mehnat tashkilotida Ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha Bosh mutaxassis:

Foto: Xalqaro press klub

— Katta rahmat, bu tarixiy voqea markazida ishtirok etish menga Jahon banki vakili sifatida katta sharafdir. Jahon banki barcha ijtimoiy qatlam uchun munosib ish o‘rnini yaratishga xizmat qilayotgan O‘zbekistondagi iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ayniqsa, paxta terimida bo‘layotgan o‘zgarishlar mamlakatdagi barcha majburiy mehnat xavfini yo‘qotishga yordam beradi. O‘zbekistonda talabalar, o‘qituvchilar va boshqa qatlam vakillarining majburiy mehnatga jalb etilishini to‘xtatish borasida qilinayotgan ishlar juda muhimdir. Parlament tarkibida maxsus guruh tuzilishi bu borada qilinayotgan ishlarning samarasini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis sifatida insonlar bilan suhbatlashish, ularning shikoyat va takliflarini muhokama qilish hamda jamoatchilik fikrini yig‘ish mexanizmini yanada takomillashtirish kerakligini ta'kidlamoqchiman. Bu tizimni kelgusida yanada yaxshilash uchun juda muhimdir.

Mavzuga oid