Iroqning sobiq prezidenti Jalol Talaboniy 6 oktabr kuni Iroq Kurdistonining Sulaymoniya şahrida dafn etildi. Arab davlatining sobiq rahbarini dafn etiş marosimi mintaqaning rasmiy şaxslari va xorijiy vakillar iştirokida bölib ötdi, deb xabar qilmoqda Shafaq News portali.
Naşrning yozişiça, vidolaşuv marosimi Iroq markaziy hukumatining noroziligiga sabab bölgan. Çunki Talaboniy tobuti Iroq emas, kurdlar bayroğiga öralgan. Bundan taşqari, ta'kidlanişiça, Bağdod hukumati, dastlab Talaboniy bilan vidolaşuv marosimi poytaxtda ötkazilişini xohlagan, biroq marhum oila a'zolari uning jasadi Sulaymoniya şahriga olib keltirilişini talab qilişgan.
Uning dafn marosimiga 10 minglab kişilar kelişdi. Bağdod ma'muriyati bilan yuzaga kelgan qarama-qarşilikka qaramay, marosimda Iroq va Kurdiston madhiyalari ham yangragan.
2005-2014 yillarda Iroqni boşqargan Talaboniy 83 yoşida Germaniyadagi şifoxonalardan birida 83 yoşida hayotdan köz yumgan. U 2012 yili insultni boşidan keçirgan va Germaniyada davolanayotgan bölgan.












