Kataloniyaning 2,04 mln fuqarosi muxtor ölkaning Ispaniya qirolligi tarkibidan çiqişböyiça ötkazilgan referendumda mustaqillikni yoqlab ovoz berişgan.
Ölka hukumati 6 oktabr kuni şunday ma'lumotlarni tarqatdi, deb xabar qilmoqda TASS.
Unga köra, barça ovoz beriş byulletenlari sanab çiqilganidan söng, 90,18 foiz saylovçi Kataloniya mustaqilligini qöllab-quvvatlagani ayon bölgan. Qirollik tarkibidan çiqişga qarşi 7,83 foiz saylovçi ovoz bergan. Bu 177,5 ming kişini taşkil etadi. Yana 1,98 foiz ovoz beruvçilar böş byulletenlarni taşlaşgan.
Umuman, referendumda 2,28 mln kataloniyaliklar yoki ovoz beriş huquqiga ega 5,3 mln aholining 43 foizi iştirok etgan. Ispaniya hukumati mazkur referendumni noqonuniy deb hisoblamoqda.
10 oktabr kuni Kataloniya rahbari Karles Puçdemon muxtoriyat parlamentida mintaqadagi "siyosiy vaziyat yuzasidan axborot berişi kutilmoqda".












