Kompyuterni televizorga ulaş uçun faqatgina mos keluvçi kabelni töğri tanlay biliş kerak. Ayrim hollarda taqsimlovçi talab etiladi. Aqlli televizorlar egalari esa simsiz ham buni uddalay olişadi. Demak quyida 3 holatni batafsil örganib çiqamiz.

Kompyuterni televizorga kabel orqali ulaş

1. Dastavval, kompyuteringizda signalni uzatiş uçun qanaqa signallar borligini aniqlab oliş zarur

Buning uçun jihozdagi tirqişlarni közdan keçiring. Bir qaraşda portlar turini aniqlay olmasangiz, ularga berilgan izohni kompyuter qöllanmasidan örganing. Qurilma modeliga boğliq ravişda siz quyidagi körinişdagi tirqişlarni körasiz:

HDMI — raqamli interfeys. U aksariyat zamonaviy kompyuterlarda uçraydi. Audio va videoni ham uzatadi, şu bois multimedia signalini televizorga uzatişga mos keladi. 

DVI — bozorda keng tarqalgan yana bir raqamli port. Faqat tovuşsiz videoning özini uzatadi.

VGA — eng ommabop tirqiş. U ham faqat videosignalni uzatadi. 

Foto: Amazon

Mini DisplayPort, Thunderbolt 2, USB‑C va Thunderbolt 3 (USB-C) — raqamli interfeyslar Apple kompyuterlarida uçraydi. Ularning barçasi video va audioni baravar uzata oladi. Bundan taşqari Mac oddiy HDMI-tirqişi bilan ham jihozlanişi mumkin.

2. Endi navbat televizorga. Uni közdan keçirib, televizorda signalni qabul qiliş uçun qanaqa tirqişlar borligini bilib olamiz. 

Aksariyat zamonaviy televizorlarda HDMI va VGA tirqişi bor. Eski modellarda RCA ştekerlar böladi.

Foto: Layfxaker

3. Ikki tirqişga mos keluvçi kabellarni tanlaş zarur. 

Agar televizorda va kompyuterda HDMI tirqişi bölsa, hammasi oddiy: siz bir qurilmani ikkinçisiga HDMI-kabel yordamida ulay olasiz.

HDMI-televizorga şunday tirqişi bölmagan kompyuterni ulaş uçun sizga HDMI-kabel bilan birga signalni özgartiruvçi maxsus konverter ham kerak böladi. Bu DVI → HDMI, VGA → HDMI yoki boşqa HDMI ötkazgiçlari bölişi mumkin.