Qarşi şahridagi “Buyum bozori” oldidan ötgan yöl çetida qölida taxlam-taxlam pul uşlab ötirgan yigitlar ötganga ham, qaytganga ham bitta gapni takrorlab turişardi: “Dollar bormi, dollar olamiz!”
“Huquq” gazetasining yozişiça, F.Nekboyev (ism-familiyalar özgartirilgan) va uning şerigi O.Fayziyev ham pul töla sumkasini kötarib, hali u odamning, hali bu odamning qarşisiga çiqib, dollar söraşdan çarçaşmasdi. Şu payt ular “hamkasb”lari yonidan umidsiz qaytgan ayolni payqab qolişdi.
- Dollar bormi, opa? – dedi F.Nekboyev ayolga. – Bölsa ayting, boşqalardan qimmatroqqa olamiz. Agar sotib olsangiz, sizga arzonroqqa beramiz.
Ayol qiziqsinib, ularning könglidagini bilgisi keldi. Bunga javoban O.Fayziyev narxni aytdi.
- Menga köproq kerak edi. 10 ming AQŞ dollari. Qançadan sotasizlar?
- Opa, yigitning sözi bitta böladi. Aytdim-ku, boşqalardan arzonroqqa sotaman, kelişsam bölgani...
Ayol savdoga rozi böldi. Pul sanalayotgan paytda iş teskari tomonga burilib ketdi. Ular qonunga xilof ravişda valyuta ayirboşlaş bilan maşğul bölişayotganda aşyoviy dalillar bilan qölga tuşişdi. Şu kuni ularning yonida 4210 AQŞ dollari va 35500 Rossiya rubli borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Xuddi şu hududda ötkazilgan yana bir tadbirda fuqaro U.Ma'rufov qonunga xilof ravişda valyuta ayirboşlaş bilan şuğullanib, jami 15 ming Rossiya rublini sotayotganligi aniqlandi. Uning yonida bölgan 35 ming Rossiya rubli va 5 million 400 ming söm pul ham tegişli tartibda hujjatlaştirib olindi.
Qarşi şahridagi Ğuzor köçasida ötkazilgan tadbirda ham valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda sotiş bilan boğliq holatlarga çek qöyildi. Tadbir davomida Ğafur Ğulom nomidagi MFYda yaşovçi fuqaro S.Törayev va Alişer Navoiy nomidagi MFYda yaşovçi fuqaro Z.Jörayev fuqaro S.Ötkirovadan jami 3000 AQŞ dollarini 22 million 740 ming sömga sotib olişayotganda jinoyat ustida qölga tuşişdi va uşbu pullar tegişli tartibda rasmiylaştirib olindi. Şuningdek, Z.Jörayevning sumkasida bölgan 26 AQŞ dollari va 3 million söm pul ham aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi. Uşbu holatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, huquqbuzarlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan.












