Paxta xaridining tölovi töliq va öz vaqtida bajarib borilişi davlat idoralari tomonidan nazorat ostiga olingan. Hozirda paxta terimi uçun belgilangan narx yuzasidan terimçilarda e'tirozlar yöq. Bu haqda Boş vazir örinbosari, «Özagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Nodir Otajonov Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasi vaqtida ma'lum qildi.
«Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga köra, 1 oktabrdan boşlab qölda terilgan bir kilogramm paxta uçun 500 söm haq beriş joriy qilindi. Mazkur tölovning töliq va öz vaqtida berib borilişi nazorat ostiga olingan. Belgilangan narx yuzasidan terimçilarimizda heç qanday e'tiroz yöq», dedi Boş vazir örinbosari.

Nodir Otajonov şuningdek, Özbekiston paxta yetiştirişda yetakçi mamlakatlar qatoriga kirişi va yerlarning hosildorligi bir kunlik terimni 100 kilogrammdan ham oşirişga imkon berişini aytib ötgan.
Hozirda Özbekistonda paxta hosilining 60 foizi yiğib bölingan.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Narbayeva ham şu mavzuda fikr bildirib ötgan.

«Hukumat tomonidan belgilangan narx - bu faqat şu qiymatda iş haqi berilsin, degani emas. Bu şu miqdordan kam bölmagan iş haqi joriy qilinişini bildiradi. Bugungi kunda ayrim viloyatlarda fermerlarimiz tomonidan 600 söm, 700 sömdan tölovlar ham amalga oşirilmoqda. Bundan taşqari, mehnatkaşlarimizga turli moddiy rağbatlar ham joriy etilmoqda», degan u.
Şuningdek, Xalqaro Press-klub rahbari Şerzod Qudratxöjayev ham Respublikamizdagi paxta terimi mavsumi haqida öz fikrlarini bildirib ötdi:
«Viloyatlarga safar qilganimizda dalada paxta terayotgan insonlarga mehnat qilişi uçun yetarliça şart-şaroitlar yaratilganiga guvoh böldik. Ularga bir mahal issiq ovqat - asosan palov va şavla bepul berilmoqda».

Eslatib ötamiz, joriy yilda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2017 yil hosili paxta xom aşyosining xarid narxlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, qölda terilgan paxta xom aşyosining 1 kilogrammi uçun birinçi bosqiçda — 450 sömdan, ikkinçi bosqiçda 2017 yil 1 oktabrdan boşlab — 500 sömdan tölaş belgilangan. Şuningdek, maşinada terilgan paxta xom aşyosining 1 tonnasi uçun 260 000 sömdan tölaş töğrisidagi taklifi ma'qullangan.











