Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toşkent yuridik kolleji direktori Natalya Temirova iş faoliyatida yöl qöygan jiddiy xato va kamçiliklari uçun “2-darajali adliya maslahatçisi” maxsus unvon-martaba darajasidan mahrum qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik saytida ma'lum qilindi.

Unda yozilişiça, Özbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yil 12 sentabrdagi 250-um-sonli buyruğiga asosan Toşkent yuridik kolleji öqituvçilarining murojaati yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazildi.

Xizmat tekşiruvi davomida Toşkent yuridik kolleji faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oşirişda N.Temirova tomonidan kadrlarni işga qabul qilişda qarindoş-uruğçilikka yöl qöyilganligi, xodimlarni işga qabul qiliş, işda qoldirişda ta'magirlik va qonunbuzilişlar mavjudligi, xodimlarga nisbatan intizomiy jazo çoralari asossiz qöllanilganligi, kadrlar qönimsizligi yildan-yilga oşib borganligi, öquv jarayonida hamda bitiruvçilarga diplom berişda qonunçilik talablari buzilganligi, iş yuritiş va ijro intizomi masalasiga mas'uliyatsizlik bilan yondaşilganligi, topşiriq va körsatmalarning tizimli ravişda bajarilmasligi hamda boşqa bir qator qöpol xato va kamçiliklarga yöl qöyilganligi aniqlandi.

Bundan taşqari, kollej mehnat jamoasi örtasida guruhbozlik va nosoğlom muhit şakllanganligi, ma'naviy-tarbiyaviy işlarning öz holiga taşlab qöyilganligi va rahbar xodimlarning öz xizmat vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan yondaşganligi oqibatida 2017 yil 6 oktabr kuni öquvçilar tomonidan kollej hududida oğir jinoyat sodir etilgan.

Ötkazilgan xizmat tekşiruvi natijasiga köra, Toşkent yuridik kolleji direktori N.Temirova tomonidan bir qator qonun hujjatlari talablari buzilgan deb topilgan.
Xizmat tekşiruvi davomida aniqlangan holatlar böyiça tegişli huquqiy baho beriş uçun tekşiruv materiallari tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi hamda bugungi kunda ular tomonidan kollejda tegişli örganişlar olib borilmoqda.

Şuningdek, 2017 yil 7 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Adliya, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining mas'ul rahbar xodimlari iştirokida ötkazilgan yiğilişda kollej rahbariyati tomonidan yöl qöyilgan xato va kamçiliklar kollej xodimlari va öqituvçilari iştirokida muhokama qilinib, taşkiliy masala körildi.

Unga köra, iş faoliyatida yöl qöygan jiddiy xato va kamçiliklari uçun Toşkent yuridik kolleji direktori Natalya Sabirovna Temirova “2-darajali adliya maslahatçisi” maxsus unvon-martaba darajasidan mahrum qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etildi.