Vaşington Kubaga nisbatan sanksiyalarni Gavana öz fuqarolari erkinliklarini ta'minlamagunça bekor qilmaydi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyda Ispan merosi haftaligiga bağişlangan tadbirda aytib ötdi.
"Biz Kuba va Venesuelada yaxşi odamlarni qöllab-quvvatlaş uçun qat'iy çoralar kördik. Biz Gavana Kuba xalqi uçun töliq siyosiy erkinlikni ta'minlamagunça Kuba tuzumidan sanksiyalarni olmaymiz", deb aytgan Tramp. Tramp Ğarbiy yarimşar "hurlik va farovonlikda" yaşaşiga umid bildirdi.
Tramp "sotsialistlar tomondan tahqirlaşlarga uçrayotgan Venesuela xalqini qöllab-quvvatlaşini" aytgan. Tramp öz nutqida sotsialistik va kommunistik mafkurani keskin tanqid qilgan.
AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama Kubani yakkalaş siyosati natija bermagani sabab, 2014 yil dekabrda u bilan munosabatlar yaxşilanişini e'lon qilgan.
Biroq Tramp Kuba hukumatiga nisbatan qat'iy pozitsiyani egallagan. Ikki davlat örtasidagi munosabatlar AQŞning Gavanadagi elçixonasi xodimlari "akustik hujumlar"ga uçraganlaridan keyin yanada keskinlaşdi.












