Hayot bitta tölqinda jim oqib keluvçi daryo emas, unda biz turli sinov va maşaqqatlarga, yaxşi va xursandçilik onlariga duç kelamiz. Faqat atrofdagi kişilar, yaqinlarimizning daldasi, töğri yöl-yöriqlari bilan inson yoruğ hayotga yana qadam qöya boşlaydi.

Musibatli kunlarda ehtiyojing boşqa kimsalar qölida qolib ketişi açinarli holat bölsa kerak. Ana şunday oğir damlardan birida Otayeva Maqsuda farzandi Suxrobbekni davolatiş uçun zarur bölayotgan dori-darmonlarni sotib oliş uçun çet el valyutasiga muhtoj böldi. Boisi, 2007 yilda tuğilgan Soliyev Suxrobga köz saratoni kasalligi taşxisi qöyilgan bölib, u bir muddat muolajalar olib kelayotgan edi. Ötgan yili Hindistonda ötkazilgan davolaş amaliyotlaridan söng, bemorning ahvoli ança yaxşilandi. Şunga qaramay, muntazam dori-darmonlarni qabul qilib turiş, kelgusida Suxrobning ikkinçi marta davolaniş uçun Hindistonga borişi talab qilingan. Har oy taxminan 500 AQŞ dollari qiymatidagi dorilar, bundan taşqari Özbekistonda tanqis bölgan darmonlarni öğliga yetkazib beriş uçun oila a'zolarining heç kimga oğirligi tuşmadi. Yaqin qarindoşlar va jonkuyarlarning kömagi bilan muolajaning davriyligi töxtatib qöyilmadi. Ammo...

Vaziyat şuni taqozo etardiki, Maqsuda 2017 yil boşida Xorazm viloyatidagi bir neçta bank filiallariga çet el valyutasini sotib oliş uçun murojaat qila boşladi. Avvaliga, «Milliy Bank» TIF Xorazm viloyat filialiga, söngra «Ipoteka» ATB hududiy filialiga murojaat qilgan bemorning onasi amaliy natijaga erişa olmaydi. Uzoq muddatlik sarsongarçilik, qoğozbozlik bosqiçlarini boşdan keçirgaç, iyun oyining örtalarida, ya'ni 14-15 iyun kunlari bemorning otasiga Ipoteka bank filiali rahbari yordam qilişga qaror qiladi. Dastavval, barça hujjatlar rasmiylaştirilib, söngra, Otayevlar oilasidan 8.100.000 söm naqd pul qabul qilib olingan. «Ertaga keling», deb buyruq berişganda, ota-ona biroz yengil nafas oldi. Endilikda Suxrobning dori-darmoni uçun mablağ olsa bas.

Mazkur bankning mas'ul xodimi kelgusi kuni binoga kirib kelgan ota-onaga pul tuşganini ma'lum qilgaç, Maqsuda bank plastik kartoçkasini özining opasiga berib yubordi. Balki şu joyga yetib kelganda, öquvçida şubha uyğonişi mumkin, ammo dorilarning faqat xorijdan keltirilişini, ularning esa Hindistonga yana ketiş uçun hujjatlarni tayyorlaşga taraddudlanayotganini hisobga olsak, barça harakatlar mantiqqa töğri keladi. Biroq,