AQŞ prezidenti Donald Tramp ham va hattoki "boşqa önta Tramp" ham Tehron yadroviy dasturdan olayotgan foydani yöqqa çiqarolmaydi, deb aytdi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy. Uning sözlarini Tasnim axborot agentligi keltirgan.
Ruhoniy bu haqda Tehron universitetida oliy ta'lim muassasalarida öquv yili boşlanişi munosabati bilan ötkazilgan marosimda aytib ötgan.
Eron va 6ta xalqaro vositaçi davlat 2015 yil 14 iyulda Eron atomi muammosini tartibga soliş böyiça tarixiy kelişuvga erişgandi. Kelişuvga köra, qöşma harakatlar dasturi qabul qilingan. Uning bajaralişi evaziga BMT Xavfsizlik kengaşi, AQŞ va Yevropa Ittifoqi tomondan kiritilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalar Erondan yeçiladi.
Reja 2016 yil 16 yanvardan kuçga kirgan. Tramp esa uşbu bitimni bekor qilişni öylayotgani haqida aytib ötgan. Bitimning qolgan iştirokçilari esa unga amal qiliş istagini bildirişgan.












