Har yili, AQŞ hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – DV» dasturi doirasida 50000 ta doimiy yaşaş huquqini beruvçi vizalar ajratadi. Uning körinişi yaşil karta şaklida bölgani uçun butun dunyoda, xususan Özbekistonda “Yaşil karta” (Grinkard) nomi bilan maşhur. Vizalar sönggi beş yil içidagi AQŞga immigratsiya körsatkiçlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi; bunda AQŞga immigratsiya körsatkiçlari past bölgan hududlarga köproq viza miqdori belgilanadi. Vizaga murojaat etuvçilar kompyuter orqali amalga oşiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Şaxsning ismi lotereyada tanlanişi unga immigratsion vizaga murojaat etiş jarayonining keyingi bosqiçlarini ötiş imkoniyatini beradi.
Grin kardda iştirok etişning talablari
Lotereyada iştirok etişning ilk şarti: vakillari dasturda qatnaşişi mumkin bölgan davlatlarda tuğilgan şaxslar röyxatdan ötişga haqli bölişi mumkin. Masalan, sönggi beş yil davomida bu davlatlarda tuğilgan umumiy soni 50000dan ortiq şaxs AQŞga immigratsiya qilgani aniqlansa yoki AQŞ taşqi siyosatiga köra taqiqqa uçragan mamlakat aholisi (öşa joyda tuğilganlar) Grinkard imkoniyatidan foydalana olmaydi.
Şuningdek, nomzod eng kamida örta ta’limni tamomlagan bölişi yoxud sönggi beş yil davomida ikki yillik tayyorlov yoki tajriba talab qiluvçi faoliyatda ikki yillik iş tajribaga ega bölişi söraladi. Joriy yilda Grinkard dasturiga arizalar elektron şaklda www.dvlottery.state.gov veb-sahifasida 3 oktyabrdan 7 noyabrga qadar qabul qilinadi. Qonun röyxatga oliş davrida har bir şaxs tomonidan yoki uning nomidan faqat bitta ariza topşirilişiga ruxsat beradi. Ariza töldirilgandan söng, tasdiqlov raqami yoki boşqaça qilib aytganda, Arizaçi Maqomini Tekşiriş Funksiyasi (Entrant Status Check)ga oid ma’lumotni çop etib olişingiz zarur. Bu qoğozdagi ma’lumot zinhor taşlab yubormang, zero bu dastur natijasini tekşirib körişning yagona imkoniyati. Dasturda imkoniyatga ega bölgan nomzodlarning röyxati rasman 2018 yilning 1 may kuni e’lon qilinadi. Davlat Departamenti bittadan ortiq kiritilgan arizalarni aniqlaş uçun murakkab texnologiyalardan foydalanadi. Murojaatçining bittadan ortiq topşirgan arizalari dasturdan çetlatiladi.
Grinkardni yutib oliş, kişiga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
Bu savolga javobni oldindan aniq bilib oliş zarur, çunki köpçilik lotoreya iştirokçilari uşbu dasturda ğolib bölib, AQŞda kafolatlangan viza, iş örni va boşpana bilan ta’minlanmasligini, bilişi lozim.











