KXDR rahbari Kim Çen In xalqaro hamjamiyat tomonidan qöllangan sanksiyalarga qaramasdan mamlakat iqtisodiyoti kötarilayotgani haqida gapirdi. Bu haqda «Yonhap» agentligi xabar tarqatdi.

Koreya Mehnat partiyasi yiğilişida Kim Çen In mamlakat rahbariyatida ayrim özgartirişlarni amalga oşirgan. U özining kiçik singlisi Kim Yo Çjonni Markaziy Partiya siyosiy byurosi rahbari örinbosari etib tayinlagan.

Bundan taşqari, Şimoliy Koreya rahbari AQŞ prezidenti Donald Trampning KXDRga  «faqat bir çora» ta'sir qilişi mumkinligi haqidagi gapiga munosabat bildirgan.

«Yadro qurolimiz xalqning mamlakat taqdiri va suverenitetini amerikalik imperialistlarning davomli yadro tahdidlaridan himoya qilişdagi qonli kuraşining qimmatbaho natijasidir», — degan Kim Çen In.

Bundan avvalroq Tramp Şimoliy Koreyaga nisbatan faqat bir çora iş berişi mumkinligini aytgani haqida xabar berilgandi.