Jidda shahrida Saudiya Arabistoni podshohi saroyiga hujum qilgan shaxs mamlakat fuqaroligiga ega, 28 yoshli Ali al-Fahid al-Amiri bo‘lib chiqdi. Bu haqda Podshohlik Ichki ishlar vazirligiga asoslangan holda SPA agentligi xabar tarqatdi.

Shanba kuni kechqurun noma'lum shaxs boshqaruvidagi mashinadan as-Salom saroyi o‘qqa tutilgandi. Hujum oqibatida ikki qo‘riqchi halok bo‘lgan, yana 3 nafari jarohatlangan.

Hujum qilgan shaxs o‘ldirilgan, uning avtomobilidan Kalashnikov avtomati va 3ta "Molotov kokteyli" topilgan. Jinoyat sabablari o‘rganilmoqda.