AQŞ prezidenti Donald Tramp The Washington Post naşri uning saylov kampaniyasi haqida ijobiy maqola yozganidan hayratlandi.

Tramp bu haqda tvitterdagi obunaçilariga ma'lum qildi. 

"Nihoyat, The Washington Post’da ijobiy maqola körişimga işona olmayapman. Unda Tramp saylovçilarining saylov kampaniyasiga pul ajratiş borasidagi sa'y-harakatlari aytilgan. Respublikaçilar partiyasi milliy qömitasi demokratlarga qaraganda ança köproq pul töplaydi va bu pullarning katta qismi menning ajoyib kiçik homiylarimdir. Men çarçoq bilmagan holda ular uçun mehnat qilaman!", deb aytgan Tramp.

Avvalroq Tramp OAVni, jumladan The Washington Post va The New York Times naşrlarini öziga qarşi til biriktirişda ayblagandi.