Özbekiston kubogining 1/2 finalidan örin olgan ikkinçi yarim final uçraşuvi ham bölib ötdi. Unda «Nasaf» öz uyida «Lokomotiv»ni qabul qildi.

Uçraşuvning birinçi bölimida hisob oçilmadi. Ikkinçi bölimning ikkinçi qismiga kelib Vladislav Tseytlin Nesterov darvozasi tomon penalti belgiladi. Penaltini mezbonlar hujumçisi Dragan Çeran bajardi. Uning birinçi zarbasini Nesterov qaytardi, ammo qaytgan töpni Çeranning özi yana darvozaga aniq yöllab hisobni oçdi.

Foto: Lokomotiv 

Öyinning qolgan daqiqalari juda asabiy ruhda keçgan bölsada, darvozalarga boşqa töp kiritilmadi. Natijada «Lokomotiv» birinçi öyindagi 3:1 hisobidagi ğalabasi evaziga final yöllanmasini qölga kiritdi. Endi finalda jamoa Toşkentning boşqa bir jamoasi «Bunyodkor»ga qarşi maydonga tuşadi.

Foto: Lokomotiv 

Özbekiston Kubogi, 1/2 final
Javob uçraşuvi

«Nasaf» – «Lokomotiv» 1:0 (0:0)

Gol: Dragan Çeran (74)
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Şorahmedov, Azizjon Ğaniyev (Bobur Abduxoliqov, 87), Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Islom Kenjaboyev (Şahboz Erkinov, 64), Igor Golban, Farruh Sayfiyev, Dragan Çeran, Jasur Hasanov, Umarbek Eşmurodov.

«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev (Sadriddin Abdullayev, 79), Marat Bikmayev (Jaloliddin Maşaripov, 60), Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev, Timur Kapadze, Islom Töxtaxöjayev, Murodbek Bobojonov (Azizbek Amonov, 77), Oleg Zoteyev, Şerzod Fayziyev.
Ogohlantirişlar: Bobur Abduholiqov (90) — Marat Bikmayev (8), Murodbek Bobojonov (62), Ikrom Aliboyev (70), Kaxi Maxaradze (73), Ignatiy Nesterov (90+4), Sadriddin Abdullayev (90+6).