Moskva viloyatining Krasnogorsk şahrida keksa yoşli haydovçi uyi hovlisi oldida 4ta yöl-transport hodisasi keltirib çiqardi. Uşbu holat kameralar tomonidan qayd qilindi. Video "360" telekanali tomondan YouTube’da joylaştirilgan.
Videoda haydovçi ortga yura turib Kia’ga borib urilganini, Kia esa yonida turgan Mercedes bilan töqnaşib ketganini köriş mumkin. Şundan keyin pensioner maşinani tezlatib, uy yonida turgan furgonni borib urgan.
Söngra erkak hovlini "bir aylanib çiqişga" qaror qilib, yölida yana bir maşinaga urilib, oxir-oqibat çetda turgan boşqa bir maşinaning orqasidan "zarba bergan".
Telekanalning ma'lum qilişiça, uşbu şaxs bölib ötgan voqeani maşinaning gaz va tormoz tepkilarini çalkaştirib yuborgani bilan tuşuntirgan.











