IHS Markit tadqiqot agentligi ma'lumotlariga köra, Apple iPhone 7 modeli 2017 yilning birinçi yarmida eng köp sotilgan smartfon bölgan. Hi-Tech şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
Apple iPhone 7 - 2017 yilning eng köp sotilgan smartfoni deya e'tirof etilgan bölsa, ikkinçi va uçinçi örinlarni Apple iPhone 7 Plus va Samsung Galaxy J2 Prime bölişib oldi. Apple iPhone 6s törtinçi örinni egalladi, Samsung Galaxy S8 va Samsung Galaxy S8 Plus esa - beşinçi va oltinçi örinlarda.
iPhone 7 barçasidan yaxşi sotilmoqda, biroq iPhone 6s'çalik yaxşi emas
iPhone 7 va iPhone 7 Plus sotuvlar reytingining ilk ikki örnidan joy olgan bölişiga qaramay, sotilgan birliklar soni ötgan yili iPhone 6s va iPhone 6s Plus körsatgan natijalardan pastroq bölib çiqdi. Uç yil davomida iPhone 6, iPhone 6s va iPhone 7 birinçi yarim yillik sotuvlar reytingini barqaror boşqarib kelgan. Şu bilan birga, har birining bozordagi uluşi barqaror ravişda 10 foizdan 7 foizga, joriy yilda esa 5 foizga pasaygan.
Samsung Galaxy S8 smartfoni Galaxy S7'dek sotilmayapti
Qayd etib ötilganidek, Samsung Galaxy S8 bu yil reytingda beşinçi örinni egalladi. IHS'ning ma'lum qilişiça, bu kompaniya flagman modellari sotuvlarining bu yil keçroq yölga qöyilgani natijasi bölişi mumkin. Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus 2017 yilning aprelida işlab çiqarildi - bu esa odatdagidan bir oyga keç degani. Umuman olganda, IHS Markit "Galaxy S8 / S8 Plus sotuvlari Galaxy S7 / S7 edge'ning ötgan yilgi natijalaridan özib keta olmadi" deb hisoblaydi.
Top-10 reytingdan qaysi smartfonlar örin olgan?
2017 yilning birinçi yarmida eng köp sotilgan smartfonlar önligiga Samsung kompaniyasining beşta, Apple qurilmalarining törtta va Oppöning bir smartfoni kiritildi. Oyiga 1 million birlikdan köp sotuvçi işlab çiqaruvçilar soni joriy yilda 17tadan 22taga oşgan.
Darvoqe, iPhone 8 sotuvlariga start berilgan vaqtdan ikki hafta ham ötmay, uning narxi muhim körsatkiçdan pastladi.












