Bangladeşdan unça uzoq bölmagan joyda qayiqning ağdarilib ketişi oqibatida halok bölgan rohingya qoçqinlari soni 12 kişiga yetdi. Bu haqda Dhaka Tribune gazetasi mahalliy sohilni qöriqlaş xizmatiga asosan xabar bergan.

Avvalroq ikki kişi ölimi haqida ma'lum qilingandi.

«Biz ikki nafar rohingyaning jasadini keça keçqurun çiqarib oldik, yana ön nafari bugun ertalab (duşanba) aniqlandi», - degan Bangladeş sohilni qöriqlaş xizmati vakili Ariful Islom.

Hodisa yakşanba kuni Naf daryosida sodir böldi, u Bangladeş va Myanma çegarasining bir qismi sanaladi. Sohilni qöriqlaş xizmati ma'lumotlariga köra, qayiqda kamida 40 kişi bölgan, ularning sakkiz nafari qutqarilgan. Qutqaruv işlari olib borilmoqda. Bu ikki mamlakat örtasidagi çegarani kesib ötiş çoğida rohingya musulmonlarining halok bölişi bilan boğliq birinçi hodisa emas.

Ma'lumot uçun, Myanmadan Bangladeşga qoçib ötgan rohingya musulmonlarining umumiy soni 800 ming kişidan oşib ketdi.