Madridning «Real» klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq boş murabbiyi Visente Del Boske «Barselona»ning La Ligani tark etişi haqida öylaşni ham istamayotganini aytdi.

Ma'lumki, Kataloniya hududi mustaqillikni e'lon qilsa, matbuotda «blaugranas» La Ligani tark etişi haqida xabarlar muhokama qilinayotgandi.

«Agar Kataloniya mustaqillikni e'lon qilsa, «Barselona» qayerda öynaşi haqida özimga har doim savol beraman. Ammo, Ispaniya çempionatini «Barselona»siz tasavvur qilolmayman. Bundan Kataloniya ham, boşqalar ham zarar körgan bölardi.

«Real» va «Barsa» bir-biriga kerak yoki boşqaça qilib, hayotan muhtoj deb aytgan bölardim», - dedi mutaxassis Football Espana saytiga bergan intervyusida.