JÇ-2018 saralaş öyinlari ham özining hal qiluvçi pallasiga kirib bormoqda. Ba'zi guruhlarda hammasi hal bölib, faqat noyabr oyidagi pley-offlar haqida öylayotgan bölişsa, ba'zi guruhlarda hayot qaynayapti. Ayniqsa, yöllanma masalasini özaro öyinlarda hal qilayotgan raqiblar borki, Tribuna.uz ularga alohida e'tibor qaratişni lozim topdi.
PORTUGALIYa – ŞVeYTsARIYa (10 oktabr, 23:45)

Guruhdagi boşqa jamoalar bilan yuz foizlik natija körsatib kelayotgan bu ikki jamoa barça masalani özaro öyinda hal etişadi. Ya'nikim, Kriştianu Ronalduning ahvoli aslida Messinikidan yaxşiroq emas. Mezbonlar bu öyinda ğalaba qozonişlari şart, şu holdagina Yevropa çempionlari töğridan-töğri mundial iştirokçisiga aylanişlari mumkin. Aks holda Portugaliya pley-offda töp suradi: u yerda raqib Italiya ham, Şvetsiya, yoki Xorvatiya ham bölişi mumkin.
UKRAINA – XORVATIYa (9 oktabr, 23:45)

Turklar öz maydonlarida islandlarga imkoniyatni boy berib, kuraşdan çiqdi va guruhdagi çigal vaziyat yeçildi. Yeçilgani şundaki, Islandiya terma jamoasi öz maydonida guruh autsayderi Kosovoni yengsa tamom, guruh ğolibiga aylanadi.
2-örin masalasi esa, Ukraina va Xorvatiya örtasidagi özaro töqnaşuvda aniqlanadi. Hozirda har ikki jamoa ham teng oçko töplagan. Ikkinçi örinni olib pley-offda qatnaşiş uçun ham ikki jamoaga faqat ğalaba kerak böladi.
EKVADOR – ARGeNTINA (11 oktabr, 04:30)

Argentina guruhda 6-öringa tuşib qolgan bölsa-da, mundial yöllanmasi hamon öz qölida qolmoqda. Messi va uning şeriklari Ekvadorda ğalaba qozonişsa, özaro töqnaş keladigan Peru va Kolumbiyadan kamida bittasini ortda qoldirib, kamida 5-öringa kötarilişi va heç bölmasa, pley-off orqali JÇ ga boriş imkoniyatiga ega böladi.
Lekin oson bölarmikin? Ekvador maydonida Urugvay va Çili kabi terma jamoalar ham bir oçko olişning uddasidan çiqa olişmagan. Şuningdek, bu jamoalarning Argentinadagi öyinida ekvadorliklar 2:0 hisobida ğalaba qozonişgan. Endi bu faktlarga Argentinaning muammolarini qöşing — jamoa 2017 yilda atigi 2 marta raqib darvozasiga gol urdi — biri penaltidan, ikkinçisi avtogol. Argentina safar öyinlarida oxirgi marta 2016 yilning mart oyida ğalabaga erişgandi, şundan buyon mehmondagi 6 öyinda jamoa ğalaba qozona olmayapti.












