
Joriy yilning 6 oktabr kuni Özbkiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruv akademiyasi majlislar zalida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi qoşida taşkil etilgan “Ma'rifat” tarğibotçilar jamiyatining taqdimot tadbiri bölib ötdi. Bu haqda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi. Ma'rifat tarğibotçilar jamiyati bilan işlaş bölimi xabar berdi.

Taqdimotda Respublika va Toşkent şahri kesimidagi oliy öquv yurtlaridan 100 nafarga yaqin olimlar, professorlar, dotsentlar, Özbekiston xalq artistlari, xizmat körsatgan artistlar va ijodkor ziyolilardan iborat çuqur malaka hamda tajribaga ega bölgan tarğibotçilar iştirok etişdi. Tadbirda “Ma'rifat” tarğibotçilar jamiyati ma'naviy-ma'rifiy tarğibot-taşviqot tadbirlariga doimiy jalb qilingan, mamlakatimizning közga köringan, taniqli fan, adabiyot, san'at va madaniyat arboblari hamda boşqa soha xodimlarini jamlagan ma'naviy-ma'rifiy uyuşma ekanligi aytib ötildi.

Şuningdek, tadbirda mazkur uyuşmaning asosiy maqsadi – taniqli fan, adabiyot, san'at va madaniyat arboblari hamda boşqa soha xodimlari iştirokida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy islohotlar, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va ğoyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini, terrorizm va diniy ekstremizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes hamda boşqa içki va taşqi tahdidlarga qarşi kuraşişning ahamiyatini aholining keng qatlamlariga yetkaziş, respublika fuqarolarining mamlakatdagi islohotlarga, bunyodkorlik işlariga daxldor ekanligini xis qilişi, ularning kayfiyati hamda ma'naviy-ma'rifiy, madaniy salohiyatini oşirişga qaratilgan samarali ğoyaviy tarğibot işlarini olib borişdan iborat ekanligi ta'kidlandi.












