“Biz kimmiz özi öqituvçimi yoki?..”
Kun.uz elektron poçtasiga yöllangan murojaat ana şunday alamli gap bilan boşlanadi. Yana öqituvçi masalasi, yana ularning haşari-yu, hujjatbozliklari haqida gap ketarkan-da, deguvçilar adaşadi. Boşida biz ham şunday xayolga borgan edik, ammo maktubda tilga olingan muammo “yangiça” bölib çiqdi...
“Men Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yaşayman va maktabda öqituvçi bölib işlayman. Biz maktabda yoş avlodga qölimizdan kelgança ta'lim-tarbiya bermoqdamiz, ammo hozirgi kunda bizlarga şunaqangi işlar buyurilmoqdaki, oçiği öqituvçiligimizdan nafratlanib ketyapmiz.
Men öqituvçilarning haşarga çiqişi yoki hujjatlar haddan ziyod köpligini aytmoqçi emasman, çunki bu masalalar şundoq ham juda köp yozildi. Yaqindan boşlab bizga tuman hokimligi tomonidan yangi topşiriq berildi. Joriy yilning fevral oyida Prezidentimiz nafaqalarni keksa otaxon va onaxonlarga naqd körinişida tölaş haqida farmon çiqargan edilar. Bundan biz öqituvçilar ham foyda körgandik, ya'ni plastik kartani naqd pulga aylantiriş foizlari 20-25 foizdan 10 foizgaça pasaygandi.
Ammo nimadir böldi-yu, bizda iyun oyidan boşlab nafaqalarni yana plastik kartalarga ötkaziş boşlandi. Bunisi mayliku-ya, tuman hokimiyati mutasaddilari nafaqa oladigan otaxon va onaxonlar yoniga öqituvçilarni yubormoqda. Yanada soddaroq tuşuntiradigan bölsak, har bir öqituvçi kamida bittadan nafaqa oluvçini plastik kartaga "ötkazişi" majbur emiş. “Öz ixtiyori bilan ötganlik haqida ariza olib kelmasalaring, ta'tilga çiqarmaymiz, işdan haydaymiz”, degan siyosat qöllanmoqda.
Endi öylab köring, biz qanday qilib bu işni amalga oşiramiz? Bordik, ammo nafaqa oluvçilar yuzimizga qarab “Sen Yurtboşimizning farmoniga qarşimisan?”, deb aytdilar. Bu aslida öqituvçiga yuklanadigan işmi? Axir bizning bugungi holatimizni yoş avlod öz közi bilan körib turibdi-ku. Şundan keyin ham ular qanday qilib öqişga qiziqişi mumkin. Oqibati nima böladi? Özi şundoq ham ikki oyda bir marotaba maoş olmoqdamiz, bu maoş ham turli xil yangi soliq turlari bilan ança kamayib ketdi. Masalan, biz qişloqda yaşaymiz, yaqinda bizga suv va çiqindi soliği qöşildi. Axir bizda toza içimlik suvi yoki çiqindi tökadigan maxsus joylar yöq-ku. Xizmati körsatilmaydigan bu kabilarga qanday qilib soliq tölaş mumkin? Haligaça may oyining maoşini olganimiz yöq.
Mana endi nafaqa muammosini eşitgan olğirlar darrov plastik kartani 15 foizga naqdlaştirişni boşlaşdi. Maktabni hozirda “bekorçi odamlar”ning hammasi tekşirgani kelmoqda. Hatto qişloq nozirlari ham öqituvçilarning konspektlarini titkilaşmoqda. Özi oladigan maoşning tayini yöğu, tekşirişda biror kamçilik çiqsa, hokimiyatga 30 foiz jarima tölaysiz.











