20 sentabr kuni Oliy Majlis Senatining 57-yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni amalga oşiriş tartibini belgilaşga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun senatorlar tomonidan körib çiqildi va ma’qullandi.
Senatorlarga köra, “Özbekistonda yoşlar örtasida nosoğlom ma’naviy-ma’rifiy xatti-harakatlar köpayib, uning natijasida aholi vakillari, jumladan, yoşlar va bolalar ongi, madaniyati va qaraşlariga begona bölgan turli yot ğoyalar öz ta’sirini körsatmoqda”.
Öz navbatida, uşbu holatlar bu boradagi işlarni huquqiy jihatdan tartibga soliş zaruriyati yuzaga kelganini namoyon qilmoqda, deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.
Şu munosabat bilan “Ta’lim töğrisida”gi qonunga ma’rifiy faoliyatni amalga oşiriş tartibini belgilaşga qaratilgan qöşimça kiritilmoqda. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda mazkur faoliyat turiga qöyiladigan talablarni buzganlik uçun javobgarlik belgilanmoqda.
Xususan, ma’rifiy faoliyatning bunday harakat bilan şuğullaniş huquqiga ega bölmagan şaxs tomonidan amalga oşirilişi yoxud qonunçilikda belgilangan çeklovlarga rioya etmaganlik uçun fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan ön baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – ön baravaridan ön beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Xuddi şunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qöllanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bölsa, – fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravaridan ön beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – ön beş baravaridan yigirma baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Qonun ma’rifiy faoliyatni amalga oşiriş tartibi, şakllari, uni amalga oşiriş talablari va şartlarini, ma’rifiy faoliyatni amalga oşirişi taqiqlangan şaxslar doirasini belgilaydi.












