Oldindan aytib qöyay: majburiy obunaga qarşiman va vaqti-zamonida, bundan beş-olti yil ilgariyoq bu haqda yozganman: majburiy obuna mamlakatda söz erkinligi böğilgani uçun badaldir, deb. Ya'nikim, matbuot ön ikki oy mum tişlab yurgani uçun yilda bir marta oğziga novvot taşlab qöyilgan. Maşhur kinoda aytilganidek: «Işlamagan tişlaydi!.. Örgan, student!».

Örgangan köngil örtanmay qöymasligini ötgan obuna mavsumi yana bir karra isbotladi. 2017 yil adoğida duç kelingan qiyinçiliklar, keyingi paytda uyuştirilgan majburiy obunaga qarşi kampaniyaning ilmoqli işoralaridan matbuotimiz darğalari yetarli xulosa çiqara oldi, desak adaşamiz. Yangi yil boşida ÖzA e'lon qilgan gazeta adadlari ma'lumotnomasi şuni körsatmoqdaki, ayrim naşrlarda majburiy obuna imi-jimida, allaqanday yöllar bilan amallangan (atayin nomma-nom sanamadim, boş muharrirlarning yuzi issiq). Ba'zi rahbar jurnalistlar esa oxiri nima bölar ekan, deb vaziyatni çetdan kuzatdi yoki gazeta kimga kerak bölsa, özi çiqarvoladi, deganday beparvo qaradi. Tahririyatni iqtisodiy ta'minlaşning majburiy obunadan taşqari ham yöli bordir, deya neça odam boş qotirdi, şundan neçovi muqobil çorani topa oldi? ÖzA röyxatida körsatilmagan, çunki yetarli tiraj töp­lolmagani bois 1-soni çiqmay qolgan «respublikanskiy» gazetalar ham bor ediki, ularga qarata ijtimoiy tarmoqlarda trendga aylangan «Uyat! Uyat!» degan gapdan boşqa nima ham de­yiş mumkin?!

Meni eng hayratlantirgan va açintirgani «Ma'rifat» gazetasining adadi edi – 12 700! Yaqin yillarda sakson mingning tagiga borib qolardi bu raqam. Yana-tağin, Özbekiston xalq ziyolilarining naşri emiş-a! Maorif tizimida yarim million atrofida odam işlaydi. Nahotki atigi beş foizi asosiy ta'lim naşriga obuna bölmagan bölsa?! Öqituvçilar eng öqimişli qatlam emasmi axir?! Ayrim tizimlar naşrining tiraji bu yil ham çakana emas, endi qiyoslab köraylik: qaysi sohada köproq xodim bor? Şunday tang vaziyatda ham nisbatan yirik adadda çiqayotgan «jiddiy» gazetalar obunasining qança qismi ta'lim muassasalari hisobiga töğri keldi ekan?..

Sezib turibman, miyangizda iştibohlar ğimirlamoqda. Gap «Ma'rifat»ning mazmuniga, foydalilik darajasiga taqalsa, bundan köngilni töq tutişga asos bor. Özim şu tahririyatda neça yil xizmat qilib, undan ham köproq yillar oddiy gazetxon sifatida kuzatib borib, ayniqsa, çinakam ziyoli pedagoglar fikr-mulohazalarini eşitib, «Ma'rifat»ni har bir öqituvçi öqişi kerak bölgan naşr deya bemalol ayta olaman. Hozirça uning örnini bosadigan na sayt bor, na boşqa vosita. Ayniqsa, Xalq ta'limi tizimidagi islohotlar va muammolar, rasmiy hujjatlar, zamonaviy pedtexnologiyalar, ilm-fandagi yangiliklar, dars­liklarga qöşimça ma'lumotlar, tarbiyaviy materiallar... eh-he, hamma-hammasi öqituvçining qöliga tayyor qilib tutiladi. Olsa, öqisa, darsiga tatbiq qilsa bölgani.