Andijon viloyati, Oltinköl tumanining Suvyulduz qişloği Islomobod mahallasida yaşovçi Töxtasin aka Hasanov hovlisidan suv közasiga joylab «yaxşi kunlar uçun» yer ostiga kömilgan 4500 donadan ziyod mis tangalar xazinasi topildi. Xazina topilişi bilan tuman ma'muriyati Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Arxeologiya institutiga mutaxassis yuborilişini sörab murojaat qilgan.

Unga köra, hozirda topilmalarni örganişga kirişilgan.

Dastlabki xulosalarga köra, tangalarga arab yozuvlari zarb qilingan bölib, ularning aksariyati XVII asrga, ya'ni Buxoro xonligining Aştarxoniylar sulolasi davriga va qisman XVI asrning ikkinçi yarmida hukmron Şayboniylar sulolasining sönggi vakili Abdullaxon II davriga mansub.

Dastlabki örganişlarga köra, xazina tarkibida Buxoro, Samarqand va Toşkent zarbxonalarida çiqarilgan mis tangalar – fuluslar (hozirgi «pul» iborasi ham aynan mis tanga nomidan kelib çiqqan) borligi aniqlanmoqda. Tarixda içki bozor pul muomalasi asosini taşkil etuvçi mis tangalar yirik şaharlarda zarb qilingan. Bu davrda, jumladan, Andijon zarbxonasi ham mavjud bölgan va xazinadagi boşqa tangalarning örganilişi bunga oydinlik kiritişi kutilmoqda.

Turli şaharlarda çiqarilgan tangalarning bitta xazinada jam bölgani bu davrda mintaqalararo savdo-sotiqning jadallik bilan olib borilgani, öşa zamon tadbirkor-savdogarlari vositasida pul massasi tez aylanganidan darak beradi. Zamonaviy iqtisodiyotda tovar-pul aylanmasining tezligiga aholi daromadi köpayişining eng asosiy mezonlardan deb tarif beriladi.

Örganişlar davom etmoqda.

Ahrorbek YoQUBJONOV