Ispaniyalik tennisçi Rafael Nadal Pekinda ötgan tennis musobaqasida ğolib böldi.

Final uçraşuvida "tuproqli kortlar qiroli" avstraliyalik Nik Kirosni 6:2, 6:1 hisobida mağlub etdi. Tennisçilar kortda 1 soat-u 33 daqiqa ötkazişdi.

Şu musobaqaning ayollar örtasidagi bahslari finalida fransiyalik Karolin Garsiya ruminiyalik Simona Xalepni mağlub etdi.

Darvoqe, ayni vaqtda 1-raqamli tennisçi şarafiga Ispaniyaning Valyadolid köçalaridan biri uning ismi bilan nomlanadigan böldi. "Katta dubulğa" musobaqalarining 16 karra çempioni nomi Valyadolid universitetining sobiq rektori Luis Suares Fernandes nomidagi köçaga beriladigan böldi.