«Mançester Siti» klubi «Barselona» futbolçisi Lionel Messini öz safiga qöşib oliş harakatiga tuşib qolgan. Bu haqda As naşri xabar tarqatmoqda.
Oldinroq bergan xabarimizda «Mançester Siti» Messining yangi şartnomasi böyiça qarorini kutayotgani, agar u jamoada qolişni istamasa, istalgan vaqtda unga taklif bilan çiqişga tayyorligi ma'lum qilingandi.
Manba bergan xabarga köra, Leo «Barselona»dan ketişga qaror qilgan bölsa, «Mançester Siti» uning uçun 400 million yevro tölaşga tayyor bölib turibdi.
Gap uning tovon puli haqida ketmayapti. Aniqroği yozda şartnomasi nihoyasiga yetadigan futbolçi uçun jamoa şunça pul tölaşga tayyor. Natijada Messi qişdayoq «Mançester Siti»ga ötiş böyiça oğzaki kelişib qöyişi mumkin böladi.












