XX asrda ikki jahon uruşi va köplab mahalliy nizolar dunyo xaritasini umrbod özgartirdi. Uruş yillarida önlab mamlakatlar paydo böldi va ğoyib böldi. Şunisi diqqatga sazavorki, XX asr boşiga kelib, sayyoramizda atigi bir neça ön mustaqil davlat bölgan. Asr oxiriga borib esa, ularning soni 200ga yaqinlaşdi. Şunga qaramay, yangi hosil bölgan mamlakatlarning ba'zilari bugungi kungaça yetib kela olmadi va tarix tegirmoniga ğarq böldi. Don'tPanic u yoki bu sabablarga köra, XX asrda yöqolgan eng maşhur 9 mamlakat haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.
Neytral Moresnet

Mavjudlik davri: 1816-1920 yillar
Napaleon tomonidan yaratilgan imperiya qulagandan keyin Yevropa öz çegaralarini qayta körib çiqişiga töğri keldi. Hozirgi Germaniya va Belgiya örtasida joylaşgan 3,5 kvadrat kilometr maydonga ega bu kiçik yer uçastkasi çegaralarni qayta belgilaş jarayonida heç kimga nasib etmadi. Hosil bölgan neytral hudud Niderlandiya va Prussiya tomonidan birgalikda boşqarildi.
Aholisi fuqaroligi bölmagan şaxslardan iborat bölgan, biroq öz bayroği va gerbiga ega davlat 1920 yilgaça hukm surdi. Öşanda Birinçi jahon uruşidan keyin Versal şartnomasiga köra, Moresnet Belgiya tarkibiga ötdi.
Salo Respublikasi

Mavjudlik davri: 1943-1945 yillar
Salo Respublikasi şuningdek, Italiya sotsialistik respublikasi nomi bilan ham tanilgan. Salo Mussolini tomonidan boşqariluvçi Italiyadagi mitti davlat bölgan. Soxta mamlakatni faqat Germaniya, Yaponiya va natsistlar blokidagi boşqa mamlakatlargina tan olgan. Unda nazoratni saqlab qoliş uçun nemis qöşinlarining qöllab-quvvatlaşi kerak bölgan. Respublika hukumati Italiyaning butun bir şimoliy qismi va Rim ularga tegişli ekanini ta'kidlagan, lekin u Garda köli böyida joylaşgan kiçik Salo şahridan boşqarilgan. Italiya sotsialistik respublikasi 1945 yilda, mamlakatdan sönggi faşist bosqinçilari ittifoqçi kuçlar tomonidan quvğin qilinganidan keyin yöq bölib ketgan.


















