10 oktabr kuni Soçi şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Taşqi işlar vazirlari Kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya iştirok etdi.
Taşqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan MDH Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisining kun tartibi va hujjatlar loyihalari, şuningdek, hamdöstlik doirasidagi hamkorlikning boşqa masalalari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşildi.













