Hozirda yurtimizda paxta terimi mavsumi avj pallada. "Mega Prodex" korxonasining raxbar va xodimlari ham 7 oktabr kuni mehnatkaşlarimizga yordam beriş maqsadida paxta terimida köngilli ravişda iştirok etişdi.
Kompaniya rahbariyati bu yilgi paxta hosilini yiğişga kömaklaşiş taklifi bilan Yakkasaroy tumani hokimiyatiga murojaat qilişdi va şanba kuni erta tongda 26 nafar xodimlar bilan birgalikda Böka tumani, Baxmal qişloğiga yöl olişdi.



Kun davomida kompaniya xodimlari 1 gektar maydondagi paxtalarni terib, 500 kilogrammga yaqin hosilni topşirişga muvaffaq bölişdi.
Kompaniya direktori Turdiyev Dilşod Mansuroviç:
"Xodimlarimizga mahsulot işlab-çikarişdan farqli ölaroq, paxta terimiga boriş taklifi berilganida, ba'zi xodimlarimiz xursand bölişgan bulsa, boşqa birlari paxta dalasiga biror marta ham bormagani uçun biroz hayiqişdi. Biroq barçamiz axil jamoa bölib, Böka tomon otlandik. Kun davomida bizga ajratilgan 1 gektar maydondagi paxtalarni, kötarinki ruxda, zör taşabbus bilan terib, 500 kilogrammga yaqin hosilni xirmonga topşirdik. Albatta, kuzning yoqimli şabodasi, yaxşi mehnat bilan tuşlik ham özgaça böldi. Katta qozonda oş tayyorlanib, terimçilar bilan birga baham kördik. Biz milliy boyligimiz bölmiş «Oq oltin» xirmoniga , oz bölsa-da öz hissamizni qöşa olganimizdan juda xursandmiz".



















