Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Tayxanşan toği böylab ötgan şişa köprik videosi tarqaldi. Unda erkak harakatlanayotgan şişa köprik kutilmaganda darz keta boşlaydi. U qölida bayroq bilan ötganiga qaraganda, bu - sayyohlar guruhini boşqarib kelayotgan gid. Mashable mazkur video bilan bölişdi.
Köprik 1180 metr balandlikda joylaşgan. Erkak darhol tiz çökib, emaklaşga harakat qildi, biroq şişa darz ketişda davom etdi.
Weibo ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilari köprik böylab boşqa bir kişining xotirjam ötayotganiga e'tibor qaratişdi. Şu bois ular bu darz ketiş emas, şunçaki maxsus effektlar ekanini taxmin qilişdi. Ba'zilar bunday effektlar kimlardadir yurak xurujini keltirib çiqarişi mumkinligini ta'kidlaşdi.

Video tarqalib, ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy fikrlardan keyin Şarqiy Tayxanşan okrugi ma'muriyati darz ketuvçi şişa - bu köprikning bir neça joyida örnatilgan maxsus effektli panel ekanini ma'lum qildi. Panelga qadam bosgan odam şişaning darz ketayotgan tovuşini eşitadi va unda yoriqlar paydo böla boşlaydi. Hukumat okrugi xabarida videodagi gid şunday bölişini bilgani qayd etilgan.
Ma'muriyat vakillarining ma'lum qilişiça, ular odamlarning qörqib ketganidan afsusdalar, biroq panellarni özgartiriş rejada yöq. Hukumat maxsus effektlarni öz közi bilan köriş uçun odamlarning özi qiziqib, bu yerga kelişiga umid qilmoqda.

Ta'kidlaş joizki, 2015 yilda köprikdagi şişa haqiqatda darz keta boşlagan, şundan söng uni ta'mirlovga yopişga töğri kelgan.











