Quyoş nurlari binolar, fazoviy kemalar va sun'iy yöldoşlarni sovutişning arzon uslubiga aylanişi mumkin. Bu holat ularni yoruğlikni filtrdan ötkazuvçi böyoq bilan böyalsa yuz beradi. Yangilik Isroilning SolCold firmasi mutaxassislari tomonidan ixtiro qilindi.

Issiq ob-havoda konditsionerlardan foydalaniş tufayli elektr energiyasini iste'mol qiliş hajmi oşadi hamda bu energotarmoqlar va foydalanuvçilarning hamyoniga jiddiy yuk bölib tuşadi. Yaron Şenxav va SolCold firmasidan bölgan uning hamkasblari sovutişning elektr energiyasi talab etilmaydigan muqobil usulini öylab topişdi. «Bu xuddi muz qatlamini tomga qöyib qöyişdek gap, u qançalik qalin bölsa, quyoş ham şunça qattiq qizdiradi», - dedi tadqiqotçi.

Texnologiyaga lazerli sovutiş prinsipi asos qilib olindi: yoruğlik nurining ma'lum bir materiallar bilan özaro harakati haroratni Tselsiy böyiça 150 darajaga tuşirişi mumkin, sababi materiallar molekulalari özlari bilan deyarli bir xil bölgan yoruğlik zarraçalarini singdiradi, hamda köproq energiyaga aylanuvçi yuqori çastotali fotonlarni keltirib çiqaradi. Energiya yöqotilişi bilan material harorati ham pasayadi.

Şenxav bu texnologiyani quyoş nuri bilan sinab körişga qaror qildi. «Binoning issiqligini singdiriş va uni nur körinişida qayta çiqariş mumkin, - deydi u. – Quyoş çaraqlab turar ekan, bino sovutilişda davom etadi».

Muammo şundaki, quyoş spektri lazer nuridan ança kengroq. Şuning uçun olimlar xuddi şu vazifani tarqalgan yoruğlikning bir neça çastotasida bajaruvçi materialni yaratişdi. Ular ikki qatlamdan iborat bölgan böyoqni ixtiro qilişdi. Uning ustki qatlami ba'zi quyoş nurlarini filtrdan ötkazsa, içkisi issiqlikni nurga aylantirib, özini atrofdagidan past haroratga qadar sovutadi.

Material laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli ötdi. Aniqlanişiça, sovutadigan effekt betondan köra, metall tomlar hamda şifti past uylarda sezilarliroq. Tajribaning körsatişiça, binoning sönggi qavatidagi xonalarda harorat böyoqning qöllanilişi tufayli Tselsiy böyiça 10 darajaga pasaygan. Kompaniya sinovlarni yaqin ikki yil içida davom ettiriş niyatida.

Yangi böyoqning narxi ham ança yuqori – 100 kv. metr uçun 300 dollar. Bu uni ommaviy ravişda foydalanişga biroz tösqinlik yaratadi, biroq yirik sanoat binolari, savdo markazlari yoki stadionlar uçun u qulay yeçimga aylanişi hamda energiya iste'molini 60 foizga kamaytiriş imkonini berişi mumkin, deb yozmoqda New Scientist. Şuningdek, böyoqni fazoviy apparatlar içki qismini sovutiş uçun ham qöllaniladi.