Özbekistonda valyuta siyosatini erkinlaştiriş, aholi va biznes vakillaridan çet el valyutasini sotib oliş va sotiş tartibini takomillaştiriş, ayirboşlaş punktlari tarmoğini kengaytiriş böyiça çora-tadbirlar majmuasini amalga oşiriş davom etmoqda. Yaqin kelajakda bu yönalişda yana bir qadam taşlanadi - fuqarolarga naqd xorijiy valyutani sotiş yölga qöyiladi.
Şu bilan birga, çet el pul mablağlarini noqonuniy sotiş bilan şuğullanuvçi «valyutafuruşlar», uşbu ötiş davri mobaynida mamlakatning moliyaviy tizimiga alohida xavf tuğdiradi. Ular nafaqat iqtisodiyotning yaşirin sektori rivojlanişiga hissa qöşadilar, balki mamlakat fuqarolarini oçiqçasiga aldaşadi, ularni «talaşadi» yoki soxta dollarlarni taklif etişadi. Butun mamlakatda bunday huquqbuzarliklar bilan kuraşiş uçun Milliy xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departamentning maxsus tezkor guruhlari tuzildi, ular qora bozorni yöq qilişga qaratilgan reydlarni ötkazişda davom etmoqda.
Kuni keça MXX va Departament xodimlari Toşkentning Yakkasaroy tumanida yaşovçi 38 yoşli Baxtiyor Tojiyevni jinoyat ustida qölga olişdi. U uzoq muddat davomida öz uyida valyutani noqonuniy ayirboşlaş bilan şuğullangan. Uşbu şaxsning yaşaş joyi tekşirilganda, 110 yevro, 19,1 ming dollar va 268,5 million söm miqdorida mablağ aniqlandi. Pullar keyinçalik «Ipoteka bank» ATIBga topşirildi.
Bundan taşqari, Xonobod (Andijon viloyati)da ötkazilgan maxsus amaliyot davomida 27 yoşli Kamoliddin Yunusov va 29 yoşli Azizbek Botirov bir dollar uçun 8150 sömlik kursda 45,6 million sömni 5 600 dollarga noqonuniy ravişda almaştirib beriş çoğida qölga olindi.
Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan uşbu holatlar böyiça Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) böyiça işlar qözğatildi. Tergov davom etmoqda.













