Noyabr oyidan boşlab Tailandning dengiz va sohil resurslari departamenti ommabop sohillarda çekişga taqiq joriy qilişni rejalaştirmoqda.
Unga amal qilmaslik, qoidabuzarlarga katta jarima yoki qamoq jazosi bilan xavf soladi, deb xabar beradi The Nation gazetasi.
Naşrning ta'kidlaşiça, çekiş sayyohlar orasida maşhur bölgan 20dan ortiq sohillarda joriy qilinadi. Ularning orasida Pxuket orolidagi Patong, Pattayyadagi Jamten va Rayongdagi Me Pim sohillari ham bor.
«Biz çekişni butunlay taqiqlamaymiz. Çekuvçilar uçun sohil hududidan taşqarida maxsus joylar taşkil qilinadi. Ammo, sohilda çekiş va sigareta qoldiqlarini qumga taşlaş taqiqlanadi», degan departament boşliği Jatupon Burupxat.
Bu taqiqni buzganlik uçun eng qattiq jazo 100 ming bat (3 ming dollar) jarima yoki 1 yil muddatga qamoq qilib belgilanadi.
The Nation gazetasining yozişiça, Dengiz va sohil resurslari departamentining taşabbusi Tabiiy resurslar va atrof muhitni muhofaza qiliş vazirligi rahbari tomonidan ma'qullangan. Bundan taşqari, mahalliy ma'muriyat vakillari bilan ham bu tadbirlar muhokama qilingan.
Kelajakda bu taqiq Tailandning barça sohillarida joriy qilinişi rejalaştirilmoqda.
Çeklovning joriy qilinişiga Pxuket orolidagi Patong sohilida ötkazilgan tadqiqot sabab bölgan. Uning natijasida, 2,5 km masofaga ega bölgan sohildan 138 ming sigareta qoldiği topilgan.
Tailandning dengiz va sohil resurslari departamenti avval ham atrof muhitning muhofazasi uçun amalga oşirgan qat'iy çoralari bilan ajralib turgan. Şu yilning fevral oyida, Andaman dengizidagi Raça-Yay orolida, 53 yoşli rossiyalik ayol qölga olingan va unga atrof muhit muhofazasi qoidalarini buzganlik aybi qöyilgan edi. Sayyoh ayol taqiq belgilari borligiga qaramay, baliqlarni non bilan mehmon qilgan.
Ayol politsiya mahkamasida 2 kun uşlab turilgan va 3 ming dollar garov evaziga qöyib yuborilgan. Keyinçalik sud uni 28 dollar miqdorida jarimaga tortgan.












