Faylasuflardan birining ta'kidlaşiça, “turmuş taşvişlari kişini turli qiyinçiliklarga röbaro‘ qilişi mumkin, ammo bu şa'ndan, insoniy fazilatlardan yuz burişga asos böla olmaydi.”
Çunki, inson şa'ni hamişa muqaddas va eng nozik tuyğu hisoblanadi. Unga bir bora doğ tuşdi-mi, bas, butun umrni harjlab ham bu doğni ketkazib bölmaydi.
“Qahramon”imiz Iroda Qurbonova (maqoladagi ism-şariflar özgartirilgan) ham öz nafsi yöliga şa'nini tikdi. U tanlagan yöl harçand qinğirlik va ustomonlikni qöllamasin baribir boşi berk köça ekanligini negadir tan olgisi kelmadi. Uni köproq qinğir rejasi naf bersa, egri yöl bilan orttirgan boyligini nelarga sarflaş haqidagi “şirin” xayollar ongu şuurini zabt etgan edi.
Uning ne istakda Turkiyaga yöl olgani bizga ayon emas-u, ammo öz yurtiga qay maqsadda qaytgani poytaxt aeroportida bir zumda foş böldi.
Istanbuldan havo kötarilgan uçoq tuşga yaqin Toşkentga qöndi. Samolyot bortidagi yölovçilar birin-ketin bojxona nazoratidan öta boşlaşdi.

Ular orasidagi Iroda esa negadir tinimsiz bezovtalanardi. Qölidagi ayollar kurtkasini bir qarasang egniga kiyar, sal ötmay isib ketganidan-mi, yana yeçib qöliga olar. Xullas, borgan sayin toqatsizlanardi.
Nihoyat bojxona ötiş yölagidagi navbat tugab, uning gali keldi. Iroda bagajlari ortilgan aravani surgança, nazorat-rentgen apparati yoniga keldi. Apparatning harakatlanuvçan lentasiga birin ketin bagajlarini qöya boşladi. Xalaqit berdi çoği, qölidagi kurtkasini arava tutqiçiga ilib qöydi. Söngra yölovçi bojxona deklaratsiyasi va pasportini bojxona xodimiga uzatdi.
Hujjatlar bilan tanişar ekan, bojxona xodimi odatdagi savoli bilan murojaat qildi.
- Yoningizda yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan yoki olib ötiş ta'qiqlangan tovarlar yöqmi?
Iroda şoşa-pişa “yöq” deb javob qaytardi. Bagajlarning nazorat-rentgen apparati ekranidagi tasviri “toza” çiqdi. Bojxona xodimi Irodaning köziga sinçkovlik bilan tikilar ekan, ayol undan nigohini olib qoçdi. Ha, nimasidir şubhali edi uning.
Şu payt bojxona xodimining bagaj tutqiçiga ilingan kurtkaga közi tuşdi. Avvaliga xayron qoldi, issiq kunlarda kurtkaga nima hojat bor? Keyin esa yaşin tezligida birdan tuşunib yetdi.













