"Bavariya" yarim himoyaçisi Aren Robben Niderlandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaşini e'lon qildi.      

33 yoşli futbolçi bu haqda 2018 yilgi jahon çempionati saralaş bosqiçidan örin olgan Şvetsiyaga qarşi öyindan keyin ma'lum qildi. Niderlandiya raqibini 2:0 hisobida mağlub etganiga va Robbenning dubliga qaramay, öz guruhida 3-örinni egallab, Rossiyaga boriş imkoniyatidan mahrum böldi. 

Robben terma jamoadagi faoliyatini 2003 yilda boşlagan. U jamoa safida 96 ta öyin ötkazib, 37 ta golga mualliflik qilgan.

Robben Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurarlar röyxatida Dennis Bergkamp bilan 4-örinni bölişadi.

Futbolçi terma jamoa safida 2004 yilgi Yevropa va 2014 yilgi jahon çempionati bronza medallarini, 2010 yilgi jahon çempionatining kumuş medalini qölga kiritgan.