Piyodalar ötiş yölagi yoki oddiy xalq tilida "zebra" har bir insonga taniş. Bu yöl harakati iştirokçilariga qatnov qismining qayeridan kesib ötiş mumkinligini körsatuvçi çiziqlardir.
Aql kirib borayotgan texnikalarning hozirgi davrida, "Aqlli" avtomobillar, svetoforlar, yöl belgilari paydo böldi. Piyodalarning qöli esa aqlli gadjyetlar bilan töldi. Ammo "zebra" unçalik aqlli emasdi.
Bu kamçilikni bartaraf qilişga Angliyaning Direct Line suğurta kompaniyasi bel boğladi, deb xabar bermoqda Hi-news.ru sayti.
U dastlabki "aqlli" ötiş yölaklarini ixtiro qildi. Direct Line injyenerlarining bu kaşfiyoti, yöllarda harakat xavfsizligini haqiqatda ta'minlaşga qodir bölgan texnologik uskunalardan biridir.
Aqlli zebra piyodaning harakatini ilğab oladigan va haydovçilarni xavfdan ogohlantiradigan sezgir sensorlarga ega. Bundan taşqari, u teskari tomonga ham işlaydi, ya'ni piyodani yaqinlaşib kelayotgan transport vositasidan ogohlantiradi.

Yoruğlik diodiga ega piyodalar yölagi bir neça rejimda işlaydi. Yöl oçiq bölgan holatda, ya'ni unda avtobillar va velosipedçilar yöq bölsa, avtomatik tarzda yaşil rangga kiradi.
Zebraning dastlabki uzunligi 22 metrni taşkil qiladi. Agar yölni kesib ötuvçi odamlar soni köp bölsa, u eniga qarab ösadi.
Tizim kunning qoronği qismida piyodalarni yoritib, haydovçilarni ogohlantira oladi. Zebraga transport vositasi yaqinlaşganida, yölak qizil tusga kiradi.
Bundan taşqari, agar inson harakat qoidalariga zid ravişda yölni kesib ötmoqçi bölsa, uning rangi yaşildan qizilga özgaradi. Masalan, u zebra hududidan çiqib ketsa, tizim haydovçini xavfdan ogohlantiradi.











