Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoy Kataloniya hukumatidan kataloniyaliklar yetakçisi Karles Puçdemonning sözlari orasidagi qarama-qarşilikni tuşuntirib berişni talab qildi. U mustaqillik töğrisidagi deklaratsiyani imzoladi hamda uni e'lon qiliş muddatini ortga surdi, deya xabar qilişmoqda Ispaniya OAV.

Uning sözlariga köra, agarda mustaqillik e'lon qilinsa, hukumat konstitutsiyaning 155-moddasini faollaştiradi, u esa Madridga Kataloniyaning özini-özi boşqarişini töxtatib qöyiş imkonini beradi.

Ispaniya hukumati Vazirlar kengaşining favqulodda yiğilişini ötkazmoqda, uning davomida Kataloniyadagi vaziyat tahlil qilinadi.

Hukumatning boşqa a'zolari ham Kataloniya hukumati bu «keça bölganini oq va qora rangda» yozib qöyişni talab qilişmoqda.

Avvalroq Ispaniya hukumati Kataloniyaning özini-özi boşqarişini töxtatişi xabar berilgandi.