Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi JÇ-2018 uçun saralaş bosqiçi doirasida Ekvadorga qarşi keçgan bahsda het-trik qayd etdi. Şu tariqa, 30 yoşli töpurar özining 19-, 20- va 21-gollarini kiritdi hamda tarixda jahon çempionatlarining Janubiy Amerika qit'asi saralaşlarida bunday körsatkiçga erişgan birinçi futbolçiga aylandi.
Janubiy Amerika saralaşidagi töpurarlar jadvalining ikkinçi va uçinçi örinlarini Argentina terma jamoasi sobiq hujumçisi Ernan Krespo va Urugvay forvardi Luis Suares özaro bölişib turibdi. Har ikki futbolçining hisobida 19 tadan gol bor.











