Toşkent yuridik kollejida piçoqlaşgan öquvçilar ta'lim maskanining içki röyxatida bölgan va qator jinoiy işlar iştirokçilari hisoblangan. NUZ.UZ sayti muxbirining aniqlaşiça, piçoqlanganidan söng, hayotdan köz yumgan marhum Asadbek Parpiboyevga nisbatan şu yilning sentabr ÖzR JK 109-moddasi, ya'ni yengil tan jarohatlari yetkaziş alomatlari böyiça jinoiy iş qözğatilgan bölgan.
Sovuq qurolli janjalda jabrlangan yana bir talaba – Rahmatilla Yorqoriyev ham JKning 277-moddasi, ya'ni bezorilik alomatlari böyiça oçilgan jinoiy işga aloqador bölgan. Ayni vaqtda mazkur iş Çilonzor tuman sudida körilmoqda.
Şu yilning 6 oktabrida kursdoşlariga oğir tan jarohati yetkazgan Saidkamron Saidvaliyev esa şu paytga qadar biror jinoyat sodir etmagan, ammo Saidvaliyev, Parpiboyev va Yorqoriyev ham ma'lum bir işlari uçun kollejning içki röyxatida bölgan.











