2017 yil 17 oktabr kuni Toşkent yuridik kollejida “Yuqori bilimli, yuksak ma'naviyatli va ijtimoiy faol yoşlar – mamlakat va millat kelajagi” mavzusida Yuristlar malakasini oşiriş markazi, Toşkent davlat yuridik universiteti, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari va kollej öquvçi-yoşlari iştirokida ma'naviy-ma'rifiy uçraşuv bölib ötdi.

Mazkur uçraşuvni kollej direktori V.Ergaşev kiriş sözi bilan oçib berdi. 

Tadbirda Yuristlar malakasini oşiriş markazi kafedra mudiri B.Toşev va Toşkent davlat yuridik universiteti dotsenti R.Qöçqor tomonidan davlat va jamiyat rivojida yoşlarning örni va ijtimoiylaşuvi, öquvçi-yoşlar ongida vatanparvarlik tuyğularini şakllantiriş bilan boğliq vazifalarni amalga oşiriş yuzasidan bildirilgan fikrlar barkamol avlodni tarbiyalaşdek öta muhim masalalardan biri ekanligini anglatadi.

Şuningdek, uçraşuvda ta'lim-tarbiya, öquvçi yoşlarning böş vaqtlaridan unumli foydalaniş va ularni turli yot ğoyalar ta'siridan asrab-avaylaş borasidagi yoşlarga oid davlat siyosatining ustuvor yönalişlari va vazifalari muhokama qilindi.

Bundan taşqari, tadbir söngida kollej öquvçilariga nopok kimsalar iskanjasiga tuşib qolgan yoşlar hayoti aks etgan videolavha namoyiş etildi.

Tadbirda Uçtepa tuman prokuraturasi, Içki işlar bölimi hamda tuman hokimligi vakillari iştirok etdi.