Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Toşkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirova hamda kollejda işlagan boşqa mansabdor şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB tomonidan 12 oktabr kuni ötkazilgan brifing vaqtida Toşkent şahar prokuraturasi bölim boşliği, adliya katta maslahatçisi B.A.Dehqonov ma'lum qildi.

Şahar prokuraturasi tomonidan Natalya Temirova hamda boşqa mansabdor şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan, ayni vaqtda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma'lumot uçun, JK 167-moddaning 2-qismi «g» bandiga köra, aybdorga işonib topşirilgan yoki uning ixtiyorida bölgan özganing mulkini özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qiliş mansab mavqeini suiiste'mol qiliş yöli bilan sodir etilgan bölsa — ayblanuvçi eng kam oylik iş haqining 100 baravaridan 300 baravarigaça miqdorida jarima yoki 480 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

6 oktabr kuni mazkur kollej hududida 3-kurs talabalari örtasida janjal çiqqan, Saidkamron Saidvohidov özining ikki kollejdoşi — Asadbek Parpiboyev va Rahmatilla Yorqoriyevga piçoq bilan tan jarohati yetkazgandi. Jabrlanuvçilarning biri — Asadbek Parpiboyev şifoxonaga olib borilganida köp qon yöqotişdan vafot etgandi.

Toşkent yuridik kollejida qotillik röy berdi

7 oktabr kuni kollej direktori Natalya Temirova öz lavozimidan ozod etildi. 

Natalya Temirova direktor sifatida kadrlarni işga qabul qilişda qarindoş-uruğçilikka, xodimlarni işga qabul qilişda ta'magirlikka yöl qöygani, bitiruvçilarga diplom berişda qonunçilik talablari buzgani aniqlangan. Şuningdek, kollej mehnat jamoasi örtasida guruhbozlik va nosoğlom muhit yuzaga kelgan.

«U öz öğli Rustam Temirov va qizi Nodira Temirovani öqituvçilar guruhiga kiritgan, ammo ular heç qaçon dars ötişmagan», deya Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayevning sözlarini keltirgan «Gazeta.uz».