26 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Uçtepa tuman sudida sudlanuvçilar Natalya Temirova (muqaddam Toşkent yuridik kolleji direktori lavozimida işlagan) va Abdulazizjon Salimjonovga (muqaddam Toşkent yuridik kollejida iş yurituvçi kotib va xodimlar bölimi inspektori bölib işlagan) nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sudining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Mazkur jinoiy iş Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Uçtepa tuman sudi sudyasi Bolat Sultonov raisligida hamda xalq maslahatçilari Sanoat Nabiyeva va Dono Islomovadan iborat sud tarkibida körib çiqilmoqda.
Sudlanuvçi N. Temirova Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 168-moddasi (firibgarlik), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş), 209-moddasi (mansab soxtakorligi), 28 orqali 211-moddasi (pora berişga qiziqtiriş), 227-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni va boşqalarni egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş) va 238-moddasida (yolğon guvohlik beriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda, sudlanuvçi A. Salimjonov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28 orqali 211-moddasi (pora berişga qiziqtiriş) va 28 orqali 209-moddasida (mansab soxtakorligiga kömaklaşiş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.
Bugungi sud majlisida sudlanuvçi N. Temirova ayblovning barça bandlari böyiça öz körsatmalarini berdi.
Sud jarayoni davom etmoqda. Sudning keyingi majlisi 2018 yil 2 aprel kuni soat 15.00 da böladi.












