«Baxtli oilalarning hammasi bir-biriga öxşaydi, baxtsiz oilalarning esa har biri öziça baxtsizdir». Lev Tolstoyning bu iborasini bemalol futbolga ham qöllab körsa böladi. Muvaffaqiyatli jamoalarga faqat qarsak çaliş va öyinlaridan zavqlaniş mumkin. Omadsizlikka uçragan jamoalar esa hammasi farqli, öz holiça sabablari, muammolari borki, bir-biriga umuman öxşamaydi. Hozirgina Avstraliyadan yutqazib, mundialdan quruq qolgan Suriyada uruş bölayapti, muammo bu ham, avvalroq öz imkoniyatidan mahrum bölgan Özbekistonning muammolari esa, boşqaçaroq.

Bugun esa, atigi 3 yil oldin jahon çempionatida medal olib, atigi 3 yilda ikkita yirik musobaqada qatnaşiş huquqini qöldan boy bergan Niderlandiya terma jamoasi haqida gaplaşamiz. Xöş, ularning muammolari nimalardan iborat?

EReDIVIZIYaDAGI PASAYIŞ

Odatdagidek, har yili yoş futbolçilardan tarkib topgan va juda çiroyli futbol namoyiş eta oladigan Erediviziya klublaridan hayratga tuşamiz. Yevropa Ligasi finaligaça yetib borgan «Ayaks», ikki yil oldin örtaça yoşi 22 bölgan holda mamlakat çempioniga aylangan PSV...

Ammo aslida Erediviziyaning aytaylik, Portugaliya yoki Fransiya çempionatidan ança pasayib ketganini e'tiborga oliş kerak. Bir qaraganda, bölajak top-yulduzga aylanişi kerak bölgan futbolçilarni keyinçalik, yöqotib qöyişimizning sababi şu, pastda yana keltiriladigan sabablar bilan bu futbolçilarning saviyasi kuçli çempionatlar uçun tortmayapti. 

Lokadiya, Depay, Villems, Bruma, Narsinyagh, De Yong... Atigi ikki yil oldin barçani öziga qaratib, Niderlandiya terma jamoasining yorqin kelajagini va'da qilgan bu yoşlar hozir qayerda?  Bruma va Villemsning yetib borgani «Volsfburg» va «Ayntraxt» böldi, De Yong Angliyada muvaffaqiyat qozona olmadi, Depay Fransiyada hammasini noldan boşlaşga majbur bölmoqda. 

Umuman, Yevropa top-klublarining Erediviziyaga bölgan munosabati allaqaçon özgargan, liganing eng yulduz futbolçilari uçun ham nari borsa 15-25 million yevro taklif qilişmoqda xolos. Futbolçilar yulduz sifatida katta pulga emas, zaxira variant yoki muruvvat sifatida olib ketilganda, albatta, ularning taqdiri, transferning muvaffaqiyatsiz bölib qoliş xavfi haqida heç km öylamay qöyadi.

HUJUMÇILAR MALAKASIDA PASAYIŞ