Amerikaning Forbes jurnali 2017 yilning eng jozibador iş beruvçi kompaniyalari top-500 reytingini taqdim etdi. Unga köra, 72 ming xodim faoliyat yurituvçi Alphabet 2017 yilning eng jozibador kompaniyasi deb topildi.
Ikkinçi örinni - Microsoft, uçinçi örinni esa - Japan Exchange Group Tokio fond birjasi operatori egalladi. Jurnal reytingning ilk uçligi yetakçilarini xodimlar uçun "eng jozibador" kompaniyalar deb atadi.
Reytingda amerikalik iş beruvçi kompaniyalar köpçilikni taşkil qiladi. Röyxatdagi 500 iştirokçining 157 tasi - AQŞ kompaniyalari. Top-10 reytingidagi kompaniyalarning oltitasi AQŞga tegişli: Alphabet, Microsoft, Apple, Noble Energy, Williams va IBM.

Eng jozibador kompaniyalar reytingi Statista kompaniyasi tomonidan tahlil qilingan 36 ming global tavsiya asosida tuzildi. Xodimlardan öz iş beruvçisiga baho beriş va uni qarindoş yoki döstlarga tavsiya qiliş ehtimolini baholaş söraldi. Şuningdek ularga yoquvçi boşqa iş beruvçilar nomini aytiş ham söraldi.












