Ehtimol, hatto 1 dekabrgaça Qirğiziston çegaraning qolgan qismi böyiça Özbekiston bilan kelişuv imzolaşi mumkin. Bu haqda 12 oktabr kuni Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev Öşdagi futbol akademiyasining oçilişida sözlagan nutqida ma'lum qildi.
«Men yaqinda Toşkentda böldim. Ehtimol, siz mening döstim, Özbekiston prezidenti Şavkat Miromonoviçning meros bölib ötiş haqidagi sözlarini eşitgandirsiz. Sababi bizda qiyin paytlar ham bölgan, lekin Xudo xohlasa, hatto 1 dekabrdan oldin ham çegaraning qolgan qismi böyiça bitim imzolaşimizga umid qilaman. Agarda ulgurmasak, öylaşimça, Qirğiziston fuqarolari bizning köpmillatli xalqimiz, Şavkat Miromonoviç bilan biz kutib turgan şaxsni tanlaydi», - dedi u.
Atamboyev Öşga safaridan oldin, 2010 yilgi voqealarni eslagani haqida xabar berdi.
«Bugun men Öşga safarimdan oldin yaxşi uxlay olmadim, 2010 yilni, yonib ketgan Öş va Jalolobodni esladim hamda, albatta, bu qadimiy Öşda, Qirğiziston va dunyoning har qanday şahrida takrorlanmasligini doimo yaratgandan sörayman», - dedi u.
«Bunday voqealar Qirğiziston yoki boşqa mamlakatda takrorlanmasligini Xudodan sörayman. Bunday narsalarga turtki beradiganlar esa... Bilasizmi, bahorda hattoki internetda kuzatilgan çaqiriqlar uçun (agar biror kişi boşqa millatdagi fuqaroni haqorat qilgan bölsa) hozirgi kunda 3 ta jinoyat işi oçilgan. Biz qamaymiz. Demokratiya - bu qonunning diktaturasi. Agar kimnidir qamamasak, turli ğiybatlar paydo bölmasligi, kimnidir qahramon qilmasliklarini kutib turamiz. Men öz xalqimga işonaman va umid qilamanki, olti yil içida Qirğiziston xalqi, şu jumladan Öş şahri ahli ham menga işondi», - dedi A.Atamboyev.












