BMT boş kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Jyeffri Feltman 13-17 oktabr kunlari Myanmaga taşrif buyuradi. U rohingya musulmonlari istiqomat qiladigan Rokhayn ştatidagi inqirozdan çiqiş yölini topişga urinib köradi. Bu haqda çorşanba kuni taşkilotning matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Feltman Myanma bilan qalin hamkorlikda uşbu şoşilinç masalalarni hal etiş maqsadida maslahatlaşuvlar ötkazadi”, - deyiladi xabarda. U muzokaralar çoğida Myanma va BMT örtasida amaliy muloqotni yölga qöyişga urinib köradi.
Xalqaro migratsiya taşkilotining 29 sentabrdagi ma'lumotlariga binoan, Myanmadan Bangladeşga qoçib ötgan rohingya musulmonlari soni 520 mingga yaqinlaşib qolgan.











